KALKULATSIYALASHNING NORMATIV USULI
KALKULATSIYALASHNING NORMATIV USULI — bu usul, asosan, ishlab chiqarishning ommaviy va yirik tarmog’i bo’lmish mashinasozlik hamda metallni qayta ishlash korxonalarida qo’llaniladi. Bu usulning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Mahsulotning me’yordagi tannarxi aniqlanadi. Buning uchun normative kalkulatsiyasi tuziladi. Mahsulotning normativ tannarxi material, yoqilg’i, ish haqi va boshqa asosiy xarajatlarning tasdiqlangan chorakli smetalari asosida aniqlanadi. 2. Hisobot oyi davomida asosiy ishlab chiqarish xarajatlari (xomashyo va yordamchi materiallar, ish haqi)ning haqiqiy summasi emas, balki haqiqiy summasi bilan me’yorlashtirilgan summasi o’rtasidagi farq, ya’ni me’yordan chetga chiqish hisob qilinadi.