KVOTA

KVOTA — l) tegishli bitim doirasida milliy yoki xalqaro birlashma ishtirokchilarining ishlab chiqarish yoki sotishda ishtirok etish hissasi; 2) xalqaro iqtisodiy yoki moliya-valyutaviy tashkilotning ustav fondi yoki kapitalida mamlakatning badali; 3) soliqqa tortish birligidan olinadigan soliq stavkasi (absolyut ifodada yoki hissa ko’rinishida); 4) nimaningdir qismi, hissasi, normasi (me’yori), miqdoriy cheklanishlar. Kvota davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish, ularni eksport va import qilish yuzasidan cheklashlaming joriy etilishi. Kvota o’rnatish xalqaro bitimlarga binoan amalga oshiriladi. Davlatlararo shartnomalarga ko’ra ayrim yoki bir guruh tovarlar yuzasidan kvota o’matiladiki, unga muvofiq mamlakatlar faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi mumkin.