KORPORATSIYA (BIRLASHMA)

KORPORATSIYA (BIRLASHMA) — rivojlangan yirik aksionerlik jamiyati va trestlar; biron-bir faoliyat uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar majmuyi. Korporatsiyalar negizi aksionerlik jamiyatlari hisoblanadi. Korporatsiyalar bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Ayni paytda korporatsiyalar investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiy-texnika taraqqiyoti, mahsulotning raqobatbardoshligi va uzoq hayotiy siklini ta’minlaydi.