KORPORATIV BOSHQARUV

KORPORATIV BOSHQARUV — qonunchilik, me’yorlar va xususiy sektorning mos ravishdagi amaliyotining shunday birikmasiga tushuniladiki, ular kompaniyaga moliyaviy va inson resurslarini jalb qilish, samarali faoliyatni olib borishga imkoniyat beradi. Oqibatda aksiyadorlar, boshqa manfaatdor shaxslar va jamiyatning manfaatlariga rioya qilgan holda o’z aksiyadorlari uchun uzoq muddatli iqtisodiy qiymatni ko’paytirish orqali o’z mavjudligini saqlab qolishni ta’minlaydi.