SHAXSIY SUG’URTA

SHAXSIY SUG’URTA — sug’urta obyekti sifatida fuqarolarning hayoti, sog’Iig’i va mehnat qobiliyatini saqlash bilan bog’liq manfaatlar majmuasi shaklidagi sug’urta tarmog’i. Shaxsiy sug’urta hayot sug’urtasiga va baxtsiz hodisalardan sug’urtaga va tibbiy sug’urtaga bo’linadi. U riskli va jamg’arma funksiyalariga ega. Chet el tajribasida shaxsiy sug’urta to’rtta sug’urta klassidan iborat bo’lib, inson hayotida ro’y berish mumkin bo’lgan hodisalar (tug’ilish, o’lim, voyaga yetish, nikohdan o’tish, ma’lum bir yoshgacha yashash) ehtimoli bilan bog’liq barcha sug’urta turlarini o’z ichiga oladi. Keng ma’noda shaxsiy sug’urta — bu uzoq muddatli hayot sug’urtasi, aralash sug’urta va annuitetlardir.