ZAXIRA

ZAXIRA — l) Valyuta zaxirasi — boshqa mamlakatlar Markaziy banklarining xalqaro hisob-kitob uchun mamlakat valyutasida yig’ib va saqlaydigan mablag’lari. 2) Kapital (fond) zaxirasi — korxona, aksionerlik jamiyati va hokazolarning foydadan chegirib qolib tashkil qilinadigan xususiy mablag’lar qismi bo’lib, xo’jalik operatsiyalari faoliyatidagi zararlarni qoplash, asosiy fondlarni to’ldirish va kundalik foyda yetarli bo’lganda dividendlar to’lash uchun foydalaniladi.