AKRIL YELIMLAR

AKRIL YELIMLAR — akril va metakril kislotalarning hosilalari asosida polifunktsional birikmalar (poliefirakrilat) qo’shish yo’li bilan olinadigan polimer yelimlar. Ular yuqori temperaturada erimaydigan va yumshamaydigan termoreaktiv yelimlar bo’lib, organik shisha, dyuralyuminiy, po’lat, shisha, tekstolit va fanerlarni yelimlashda qo’llaniladi. 2-tsianmetilakrilat asosida tayyorlangan Akril yelimlar yog’och, shisha, metall, rezina, charm, qog’oz, chinni va plastmassani xona temperaturasida bir necha o’n sekundda mustahkam yopishtirish xususiyatiga ega.