MUKAMMAL (SOF) RAQOBAT

MUKAMMAL (SOF) RAQOBAT — yuzlab, minglab mustaqil sotuvchi, xaridorlar mavjudligi hamda ularning erkin ravishda bozorga kirishi va undan chiqa olishi bilan tasniflanadigan bozor strukturasi. Ishlab chiqaruvchilarning har biri bozorda bir xil mahsulot sotishning kichik ulushiga ega bo’lganlari sababli bozor narxiga ta’sir eta ololmaydigan, shuningdek, unda bir xil mahsulot sotilgani uchun g’ayri-narxiy raqobat usulidan foydalanilmaydi. Amalda mukammal raqobat sof holda kam uchraydi. Ammo bir qator tarmoq bozorlari mavjud bo’lib, ular nisbatan shunday strukturaga ega. Masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozori.