MARSHAL ALFRED

MARSHAL ALFRED (1842-1924) — angliyalik iqtisodchi. Kembrij maktabi va narx (talab va taklif) nazariyasi asoschisi. Uning “Siyosiy iqtisod prinsiplari” (1890) darsligi yarim asr davomida XX asrning 40-yillarigacha iqtisodiy ta’lim asosi bo’lib kelgan. A. Marshal nazariyasiga binoan, iqtisodiy jarayonlar narx talab va taklif asosida, ya’ni me’yoriy naflilik hamda me’yoriy xarajatlar bilan aniqlanadi, shuningdek, qisqa muddatli va uzoq muddatli taklif va talab o’rtasidagi tafovut haqidagi qoida iqtisodiy nazariyaga Marshal tomonidan kiritilgan.