MEHNAT UNUMDORLIGI

MEHNAT UNUMDORLIGI — insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xodim moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan o’lchanadi. Mehnatning ijtimoiy unumdorligi ishlab chiqarilgan milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo’Igan har bir xodimga nisbatan hisoblanadi.