OCHIQ BOZORDAGI OPERATSIYALAR

Ma’nosi

OCHIQ BOZORDAGI OPERATSIYALAR — Markaziy bank tomonidan davlat qimmatbaho qog’ozlarini sotish va xarid qilish, pul-kredit siyosatini amalga oshirish usullaridan biri. Markaziy bank nufuzi katta banklar guruhi bilan birgalikda amalga oshiradi. Markaziy bank xazinadagi qimmatbaho qog’ozlarini sotish (agarda muomalada pul ko’p bo’lsa) va xarid qilish (agarda muomalada pul kam bo’lsa) yo’li bilan pul taklifiga ta’sir etadi, ya ni pul bozoridagi talab va taklif muvozanatini ta’minlaydi.

O‘xshash so‘zlar

О harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar