OMONAT SERTIFIKATLARI

OMONAT SERTIFIKATLARI — kredit muassasalarining pul mablag’larining deponentlangani to‘g‘risidagi guvohnomasidir. Bu guvohnomani tasarruf etuvchi omonat sertifikati muddati o’tgandan so’ng depozit summani va uning foizini olish huquqiga ega. Omonat sertifikatlarini davlat va tijorat banklari beradi. Omonat sertifikatlari shaxsi yozilgan va ko’rsatuvchiga berilgan bo’ladi. Ko’rsatuvchiga berilgan sertifikatlar muomalada bo’lishi mumkin, ismi yozilgan sertifikat esa oldi-sotdi muomalasida qatnashmaydi. Ko’rsatuvchiga berilgan sertifikat debitor va kreditorlar o’rtasida hisob-kitob vazifasini bajarishi mumkin. Sertifikatlar bo’yicha foizlar faqat depozit muddati tugagandan keyin to’lanadi.