AKTIV

AKTIV (lotincha activus — faol, ta’sirchan, ishchan) — 1) buxgalteriya balansining chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari, kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va boshqalar) aks ettiradi; 2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, naqd pul, qimmatbaho qog’ozlar va boshqalar). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin bo’lgan, bozori chaqqon Aktiv (veksellar, qimmatbaho qog’ozlar, oltin, naqd pul va boshqalar) likvid Aktiv deyiladi.