PROTEKSIONIZM SIYOSATI

PROTEKSIONIZM SIYOSATI — davlatning milliy iqtisodiyotni chet el raqobatidan, ichki bozorni chet el tovarlari kirib kelishidan himoya qilishga qaratilgan siyosati. Eksportni rag’batlantirish, importni cheklash va shunga o’xshash tadbirlarni amalga oshirish uchun chet el tovarlariga ustama haqlar belgilash, boj haqlarini oshirish orqali proteksionizm siyosatini olib boradi.