YURIDIK SHAXS
YURIDIK SHAXS — alohidalashgan mulkka ega mulkni mustaqil sotib olish va shaxsiy nomulkiy huquqlariga va majburiyatlariga ega tashkilot. Yuridik shaxslar sudlarda, xo’jalik sudlarida da’vogar va javob beruvchi bo’lishi mumkin. Masalan, korxonalar ham yuridik shaxs hisoblanadi, ustav (nizom) asosida vujudga keladi va harakat qiladi. Yuridik shaxs o’z nomiga, manzilgohiga va bankda hisob raqamiga ega bo’ladi. Yuridik shaxs o’zining mulki doirasida javobgar hisoblanadi. Davlat yuridik shaxslar qarzlari bo’yicha, o’z navbatida yuridik shaxslar davlat qarzlari bo’yicha javobgar hisoblanmaydi. Yuridik shaxs faoliyati uni tashkil etgan organ yoki mavjud qonunchilik nazarda tutgan hollarda to’xtatiladi.