YUPI

YUPI — AQSH axborot agentligi, dunyoda eng yirik axborot agentliklaridan biri, 1958-yilda tashkil etilgan. “Associated Press” bilan birgalikda AQSHda axborot tarqatishni o’z qo’lida monopolizatsiya qilgan “YUPI” 1000 ta amerika ro’znomalari, 4150 radio va telestansiyalari, jahonning 100 dan ortiq mamlakatlarida 800 ta ro’znoma va 300 ta radiostansiyaga xizmat ko’rsatadi. Shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan.