YERNING NORMATIV BAHOSI

YERNING NORMATIV BAHOSI — hisobli qoplash muddati davomida olinishi lozim bo’lgan potensial daromaddan kelib chiqqan holda ma’lum sifatdagi va joydagi yer uchastkasining qiymatini ifodalaydigan ko’rsatkich. Yerni mulk sifatida berish uchun, unga nisbatan jamoa-hissali mulkni o’rnatish uchun, meros sifatida berish, taqdim etish, bank kreditini olish uchun yer uchastkasidan garov sifatida foydalanilganda yer munosabatlarini iqtisodiy tartibga solishni ta’minlash uchun joriy etilgan. Odatda yeming normative bahosi yer maydoni birligiga to’g’ri keluvchi yer solig’ining 50 martalik hajmi miqdorida o’rnatiladi. Bu baho hisoblanayotgan paytda yer solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlar inobatga olinmaydi.