YALPI MILLIY MAHSULOT (YaMM)

YALPI MILLIY MAHSULOT (YaMM) — bir yil mobaynida mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar yig’indisining bozor narxlarida ifodalanishidir. Bir mahsulotni takroriy hisoblashga yo’l qo’ymaslik uchun YaMM ga korxona tomonidan yaratilgan qo’shilgan qiymat kiritilishi zarurdir. Pirovard mahsulot yoki qo’shilgan qiymat korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining bozor bahosidan iste’mol qilingan xomashyo va materiallar ayirmasiga teng. YaMMni ikki, ya’ni xarajatlar va daromadlar yo’li bilan hisoblash mumkm. Xarajatlar bo’yicha YaMM quyidagilarni jamlash orqali hisoblanadi: shaxsiy iste’mol uchun xarajatlar, ya’ni aholining iste’mol buyumlari va xizmatiarni sotib olishga qilgan xarajatlari; korxonalar (firma) yalpi investitsiyalari, ya’ni ularni mashinalar, dastgohlarni sotib olishga, hamma qurilishga, zaxiralarning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlari; davlat tomonidan tovar va xizmatlar xaridi, ya’ni davlat va uning organlari tomonidan korxonalar pirovard mahsuloti va ishlab chiqarish omillari xarid qilish bilan bog’liq xarajatlar; sof eksport, ya’ni ushbu mamlakat tovarlari va xizmatlari uchun xorijiy xarajatlarning ana shu mamlakat fuqarolari va tashkilotlari chet el tovar va xizmatlari uchun sarflangan xarajatlardan ortiqcha miqdori. Daromadlar bo’yicha yalpi milliy mahsulot yollanma ishchilarning ish haqini renta to’lovlami, foizni, korporatsiyalardan daromadlar bilan bog’liq bo’lmagan ikkita to’lov turi iste’mol qilingan kapitalga ajratmalari hamda korporatsiyalarning bilvosita soliqlari miqdorini jamlash orqali hisoblanadi.