XOMASHYO

XOMASHYO — mehnat tasirida o’zgargan, ammo yana ishlanishi lozim bo’Igan mehnat predmeti. Ishlab chiqarish jarayonida xomashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat hosil qilinadi. Natijada xomashyoning to’la qiymati tovar formasini olgan yangi mahsulotga o’tadi. Xomashyo kelib chiqishiga ko’ra sanoat va h.k. xomashyosiga bo’linadi. Sanoat xomashyosi, o’z navbatida, mineral va suniy xomashyoga ajraladi. Mineral xomashyo ishlatilishiga qarab yoqilg’i-energetika xomashyosi (neft, tabiiy gaz, ko’mir, uran, yonuvchi slaneslar), metallurgiya xomashyosi (qora, rangli nodir va asl metallar) kon-kimyo xomashyosi (agronomiya rudalari, barit, kalsiy ftorid, oltingugurt), texnik xomashyo (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika va b.)ga bo’linadi. Sun iy xomashyoga sintetik smolalar, kauchuk, plastmassalar, sun’iy charm, sintetik yuvish vositalari, qishloq xo’jalik xomashyosiga o’simlik (donli va texnika ekinlari, yog’och, yovvoyi va shifobaxsh o’simliklar) va hayvonot xomashyosi (go’sht, baliq, sut, teri, junlar) kiradi.