RAQOBAT

RAQOBAT — 1) basma-baslikka bellashuv 2) biror-bir sohada eng yuqori natijaga erishish borasida olib borilgan kurash; 3) yuqori foyda olish maqsadida mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurash; xo’jalik yurituvchi shaxslarning bozorda o’z mahsulotini aynan shunday mahsulotlar sotish shartlariga ta’sir qilish maqsadidagi bellashuvi. Raqobat ikki ko’rinishda: a) tarmoqlararo; b) tarmoqichidabo’ladi. Tarmoqlararo raqobat — turli yo’nalishlarda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning kapitalini eng qulay joylashtirish, ko’p foyda olish uchun olib brogan kurashi. Tarmoq ichidagi raqobat — bir xil ko’rinishda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning bozor uchun, mahsulotni foydali, qulay sotish uchun olib borgan kurashi. Halol raqobat — bozordagi kurashda qabul qilingan qonun-qoida, hammaga ma’qul usullarga asoslanadi. G’irrom raqobat o’z ichiga quyidagi xarakterli belgilarni oladi: 1) raqib haqida noto‘g‘ri va noaniq ma’lumotlar tarqatish; 2) mahsulotning sifati, ishlab chiqarilgan joyi xususida iste’molchini aldash, uni adashtirish; 3) raqibning mahsulot belgisidan, nomidan noto’g’ri foydalanish; 4) past sifatli mahsulotlarni reklama qilish; 5) raqib mahsulotining sifati to’g’risida asossiz ma’lumot tarqatish va h.k.