RISKLARNI TANLASH

Ma’nosi

RISKLARNI TANLASH — sug’urta shartnomasini tuzish bo’yicha mijozlardan kelib tushgan takliflarni tahlil etishga qaratilgan sug’urta kompaniyasining faoliyati. Sug’urta kompaniyasining muvozanatlashgan sug’urta portfelini shakllanishida risklarni tanlash iborasini amaliy jihatdan ishlatish muhimdir. Sug’urta amaliyotida risklarni tanlash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. Risklarni tanlash — bu risk menejment sohasida olib boriladigan chora-tadbirlarning bir qismidir.

O‘xshash so‘zlar

R harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar