RISK

RISK — l) bitta kutilayotgan hodisa bo’yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk tushunchasi ko’rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo’lishi natijasida yuzaga kelgan oqibatlarning og’irligi, riskning ro’y berishi sababli paydo bo’lgan zararlarni mutloq tugatishning imkoniyati bo’lmaganligi sug’urta ishini tashkil etish uchun asos yaratadi. Shunday qilib, risk sug’urtaviy huquqiy munosabatlarni shakllantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Risk — riskli holatlarning yagonalik va o’zaro aloqadorlik yig’indisi. Sug’urta fanida risk tushunchasiga turlicha ta riflar berilgan. Jumladan, risk — bu konkret hodisa yoki hodisalar yig’indisi bo’lib, ular sodir bo’lgan taqdirda sug’urta kompaniyasi qoplamalar to’laydi. Risk sug’urta obyekti bilan to’g’ridan to’g’ri bog’langan. Obyektga risk salbiy tasir ko’rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. Shu tufayli risk — bu yagona tasodifiy hodisa bo’lib, uning ro’y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog’liq emas. Sug’urta risklarining ro’yxati sug’urtalovchining sug’urta javobgarligi hajmini tashkil etadi. Risk bahosining puldagi ifodasi sug’urta tarif stavkasini tashkil etadi; 2) sug’urta obyekti: 3) sug’urta javobgarligining turi.