RISKLARNI JOYLASHTIRISH

RISKLARNI JOYLASHTIRISH — l) sug’urta manfaati tufayli yuzaga keladigan sug’urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish, teng ravishda sug’urtalash, qayta sug’urtalash va retrotsessiyaga to’g’ri keladi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug’urta vositachilari orqali sug’urta bozorida amalga oshiriladi; 2) sug’urta brokeri yordamida bir vaqtning o’zida yirik va xavfli risklarni qismlarga bo’lib, bir nechta sug’urta kompaniyasida sug’urtalash uslubi. Bir qancha sug’urta kompaniyalari tarkibidan bittasi yetakchi sifatida ajralib chiqadi va u sug’urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli qismini o’z javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug’urta kompaniyalariga murojaat qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi.