RIVOJLANISH BANKI

RIVOJLANISH BANKI — sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqa tarmoqlarni uzoq muddatli kreditni ta’minlash ishlari bilan shug’ullanuvchi maxsus davlat va yarim davlat (xususiylari kamroq) investitsiya institutlari. Milliy bozorlar faoliyat ko’rsatadigan mamlakatlarda rivojlanish banklari ham fond birjasida, ham undan tashqarida qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisini amalga oshiradilar. Bu vazifalarni turli kredit bank institutlari bajaradilar: moliya kоrроratsiyalari, industrial banklar, sanoat rivojlanishidagi tarmoqli va ko’p tarmoqli korporatsiyalar, sanoat va qishloq xo’jaligi rivojlanishi banklari va fondlari mayda korxona va qishloqxo’jaligini mablag’ bilan ta’minlovchi maxsus kredit muassasalar. Rivojlanish banklari tijorat banklaridan farqli o’laroq hisob-kitob va to’lov operatsiyalarni amalga oshirmaydigan omonatchi va korxonalardan depozit olmaydilar, qisqa muddatli kreditlar bermaydilar.