REALIZATSIYA QILISH

REALIZATSIYA QILISH — sotish, ayirboshlash, beg’araz berish maqsadida tovarlarni jo’natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish, shuningdek, garovga qo’yilgan tovarlarga bo’lgan mulk huquqini garovga qo’yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish. Hisob-varaq — fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko’rsatilganligi to’g’risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo’natilganligini (top shir ilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlardir.