RENTABELLIK
RENTABELLIK — (nem. rentabel — foydali, daromadli) foyda olish darajasi. Rentabellik ma’lum davr mobaynida olingan foyda miqdorining shu davrda sarflangan asosiy ishlab chiqarish fondlari va oborot vositalari qiymati yig’indisiga yoki mahsulotning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari — tannarxga nisbati sifatida foizlarda hisoblanadi. Uning to’rt xil ko’rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu ko’rsatkichlar balansdagi (sof) foyda ko’rsatkichini korxona aktivlarining o’rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan aksiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi.