AKUSTIKA MATERIALLARI
AKUSTIKA MATERIALLARI — tovush yutuvchi va qaytaruvchi materiallar. Akustika materiallarining tovush yutuvchanligi ulardagi g’ovaklarning yirik-maydaligiga va tutash-tutashmasligiga bog’liq. G’ovak betonlar, ko’p qatlamli gips taxtalar, akustik suvoq (g’ovak to’ldirgich va bog’lovchi asosida tayyorlangan qorishma), mineral paxta va undan ishlangan namat, yog’och qipig’idan va asbest-kartondan tayyorlangan taxtalar, qamish va somon taxtalar Akustika materiallari hisoblanadi. Bu materiallar sukunat talab etiladigan xona devorlariga va sanoat uskunalari tagiga qo’yishda ishlatiladi.