VALYUTA BILAN TARTIBGA SOLISH

VALYUTA BILAN TARTIBGA SOLISH — davlatning xalqaro hisob-kitoblari va valyuta boyliklari bilan bitimni bajarish tartibini qat’iy belgilashga qaratilgan faoliyat. Davlat valyuta bilan tartibga solish yordamida valyuta operatsiyalarini xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar va qarzlar berish, valyutani olib kirish, olib chiqib ketish hamda chet elga o’tkazishni nazorat ostiga olish va shu tariqa milliy valyuta to’lov balansining muvozanati va barqarorligini saqlashga harakat qiladi. Ko’p mamlakatlarda valyutani chet elga olib chiqib ketishning limiti belgilangan, xorijiy yuridik shaxslarga kreditlar berishga ruxsatlarning maxsus tizimi joriy etilgan va hokazo. Valyuta bilan tartibga solish asosan normativ, ya’ni xalqaro valyuta bitimlarini tuzish va normativ hujjatlarni nashr ettirish orqali amalga oshiriladigan faoliyatdir.