XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI

XALQARO MOLIYA TASHKILOTLARI — davlatlar o’rtasidagi valyuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashish, kredit ko’rinishida yordam berish maqsadida davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan tashkilotlar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro hisoblashuvlar banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliyaviy korporatsiya, Osiyo Taraqqiyot Banki, Yevropa Investitsiya Banki, Mintaqaviy Xalqaro Rivojlanish banklari va boshqalarni kiritish mumkin.