XALQARO VALYUTA FONDI (XVF)
XALQARO VALYUTA FONDI (XVF) — xalqaro valyuta-kredit tashkiloti 1944-yili tashkil etilgan. Uni tuzishdan maqsad xalqaro savdoni rivojlantirish, valyuta kursini, me’yorlarini, nisbatlarini belgilash, ko’p tomonli to’lovlar tizimiga rioya qilinishini nazorat qilish hamda fond a’zolariga valyuta yetishmovchiligi holatlarida kredit, qarz berishdir. Unga 1998-yilda 167 ta mamlakat a’zo bo’lgan. Valyuta fondining ikki asosiy vazifasi bor: o’z a’zolari bo’lmish mamlakatlarning valyuta aloqalarini (valyuta ayirboshlash, valyuta bilan to’lovlarni amalga oshirish va h.k.) boshqarib turish, umumiy kredit mablag’laridan a’zo mamlakatlarga qarz berib, ularning taraqqiyotiga ko’maklashish. Valyuta fondining kapitali unga a’zo mamlakatlarning badal pulidan tashkil topadi. Uning o’sishi yangi a’zolaming badal puli va kredit uchun olingan foizlar hisobiga yuz beradi.