XARAJAT ELEMENTLARI
XARAJAT ELEMENTLARI — iqtisodiy mazmuniga ko’ra, mahsulot ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan xarajat turlari. Xarajat elementlari quyidagilardan iborat: a) ishlab chiqarish material xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan holda); b) ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq to’lash xarajatlari; d) ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari; e) ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; ishlab chiqarish ahamiyatidagi boshqa xarajatlar.
O‘xshash so‘zlar
- XARAJATLAR
- Xarajatlar xulosasi
- Xarajatlar (sarflar)
- Xarajatni qoplamaydigan
- XARAJATLARNING GURUHLANISHI
- XARAJATLARI O’SUVCHI TARMOQ
- XARAJATLARI PASAYUVCHI TARMOQ
- XARAJAT MODDALARINING GURUHLANISHI






