SANIRLASH
SANIRLASH — korxonalar (firmalar) va tashkilotlarni sinishdan qutqarish maqsadida ularni moliyaviy sog’lomlashtirish. Sanirlash bir qator tadbirlarni nazarda tutadi, xususan, korxonaga berilayotgan kreditlarni va davlatning subvensiyalarini ko’paytirish, korxona tomonidan olingan kreditlar muddatini uzaytirib berish, qo’shimcha mablag’larni jalb etish maqsadida yangidan aksiya va obligatsiyalarni chiqarib sotish va boshqalar. Sanirlash orqali davlat bozor iqtisodiyotiga ta’sir etadi.