SOLIQLARNING TARTIBGA SOLISH (RAG’BATLANTIRISH) FUNKSIYASI

SOLIQLARNING TARTIBGA SOLISH (RAG’BATLANTIRISH) FUNKSIYASI — moliyaviy (soliq) mexanizm (i) orqali davlatning mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Bu funksiyaning quyidagi bir necha shakllari bo’lishi mumkin: nazorat; rag’batlantirish; tartibga solish; takror ishlab chiqarish. Ular soliq mexanizmining samaradorligini baholash imkonini beradi, moliyaviy resurslarning harakati ustidan nazoratni ta’minlaydi, soliq tizimi va budjet siyosatiga o’zgartirish kiritish zarurligini aniqlaydi. Rag’batlantirish imtiyozlar, cheklashlar, chegirmalar, afzal ko’rish tizimi orqali amalga oshiriladi va ular soliqqa tortish obyektining imtiyozlarni shakllantirish belgilari bilan uzviy ravishda bog’liq bo’ladi, soliqqa tortish obyektining o’zgarishida, soliqqa tortiladigan baza (asos)ning kamayishida, soliq stavkasining pasaytirilishida va shu kabilarda namoyon bo’ladi. Takror ishlab chiqarish tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to’lovlarda, yo’l fondlari uchun olinadigan soliqlarda, mineral xomashyo bazalarini takror ishlab chiqarishga mo’ljallangan soliqlarda namoyon bo’ladi.