SUG’URTA SUMMASINING ZARARLILIGI

SUG’URTA SUMMASINING ZARARLILIGI — sug’urta summasi va sug’urta qoplamasi to’lovi o’rtasidagi nisbatni xarakterlovchi iqtisodiy ko’rsatkich. Bu ko’rsatkich zarar miqdori ehtimolligini ko’rsatadi va undan riskning o’zgarishi ustidan nazorat o’rnatishda foydalaniladi. Sug’urta summasining zararlilik ko’rsatkichi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi: sug’urtalangan obyektlar soni va ularning sug’urta summasi, sug’urta hodisalarining soni, zarar ko’rgan obyektlar soni va sug’urta qoplamasi. Sug’urta summasining zararlilik ko’rsatkichi netto-stavka tuzilishiga qarab har bir sug’urta turi yoki javobgarlik turi bo’yicha aniqlanadi. Agar zararlilik ko’rsatkichi netto-stavkaga yaqinlashsa yoki undan oshib ketsa, bu holda sug’urta summasining zararlilik ko’rsatkichi yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.