SUG’URTA ZAXIRALARI
SUG’URTA ZAXIRALARI — sug’urta summalarini to’lashni kafolatlash maqsadida sug’urta kompaniyalari tashkil etgan fondlar. Agar, ma’lum bir vaqtda sug’urta qoplamalarini to’lash uchun joriy sug’urta mukofotlari etmasa, sug’urta kompaniyasi zaxira fondlaridan foydalanishi mumkin. Sug’urta zaxiralariga quyidagilar kiradi: hayotning sug’urtasi bo’yicha zaxira fondlari, ro’y bergan, ammo arz qilmagan zararlarni qoplash zaxiralari va boshqalar. Ushbu zaxira fondlarining mablag’lari vaqtincha bo’sh bo’lgani uchun investitsiya maqsadlarida foydalanilishi mumkin. Buning natijasida sug’urta kompaniyasi qo’shimcha daromad oladi.