XALQARO TASHKILOTLAR

XALQARO TASHKILOTLAR — mustaqil davlatlar yoki milliy jamiyatlarning, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan birlashmalar, mamlakatlar o’rtasida ko’p tomonlama hamkorlikning eng muhim turlaridan biri. Ularning har biri xalqaro siyosatda o’zlarining faoliyat maqsadlari yo’nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqelariga qarab, umuman xalqaro siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar.