XIZMAT HAQI CHEGIRILGAN HAYOT SUG’URTASIGA BOG’LIQ BO’LMAGAN SUG’URTA TOVONI

XIZMAT HAQI CHEGIRILGAN HAYOT SUG’URTASIGA BOG’LIQ BO’LMAGAN SUG’URTA TOVONI — hayot sug’urtasi bilan bog’liq bo’lmagan, xizmat haqi chegirib tashlangan, tavakkalchilik tufayli ro’y beradigan xavf-xatarda sug’urta himoyasidan foydalanish uchun to’lanadigan xaq yig’indisi. Bu tovon uchinchi tomon majburiyati, tovar yoki mulkning shikastlanishi, unga zarar yetishi, turli tasodiflar tufayli (to’qnashish, avariya, toshqin, suvga cho’kish, yong’in, kasallik, o’g’irlik, zo’rlik) yoxud kasallik, baxtsiz hodisalar, ishsizlik singari voqealar tufayli daromadning kamayishi oqibati hisoblanadi.