SOLIQ DAVRI

SOLIQ DAVRI — soliq bazasi (negizi, asosi)ning shakllanish jarayoni tugaydigan muddat. Bu muddatda soliq majburiyatining yakuniy hajmi (miqdori) aniqlanadi. Qonun tomonidan belgilangan soliqqa tortish davri davomida bir obyekt soliqning bir turi bo’yicha bir marta soliqqa tortilishi mumkin.