SOLIQ NAZORATI

SOLIQ NAZORATI — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash ustidan amalga oshiriladigan nazorat. Nazorat tekshiruv ishlarini amalga oshirish davomida bevosita korxonaning o’zida (hujjatli tekshiruv) yoki korxona tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etiladigan va soliq organi ixtiyoriga kelib tushadigan bank hujjatlari, buxgalteriya hisobotlari va hisobkitoblari asosida (kameral tekshiruv) amalga oshirilishi mumkin. Korxonalar ustidan doimiy nazorat soliq organlarida har bir soliq turi va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va kelib tushish ustidan operativ buxgalteriya hisobini joriy etish orqali erishiladi.