SOLIQ ORGANLARI
SOLIQ ORGANLARI — soliq qonunchiligiga rioya qilish, mamlakatning qonunlariga muvofiq belgilangan (o’rnatilgan) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, ularning to’liq va o’z vaqtida budjetga o’tkazilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi yagona mustaqil markazlashtirilgan tizim. Davlat soliq qumitasining yagona tizimiga kiruvchi soliq organlari davlat boshqaruvining markaziy organi (Davlat soliq qo’mitasi), viloyat, tuman va shahar soliq inspeksiyalaridan iboratdir. Soliq organlari yuridik shaxs hisoblanib, o’z nomiga o’zlarining mustaqil xarajatlar smetasiga, banklardagi joriy schyotiga va o’z muhriga egadir.