SUG’URTA POLISI
SUG’URTA POLISI — sug’urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat. Sug’urta polisida quyidagi rekvizitlar bo’lishi shart: sug’urta kompaniyasining yuridik manzili, sug’urtalanuvchining nomi, sug’urta obyekti, sug’urta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasin ito‘lashda sug’urtalanuvchi sug’urta polisini sug’urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.