SUG’URTA PULI

SUG’URTA PULI — sug’urta majburiyatini bajarish hamda sug’urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmasdan o’zaro kelishgan holda bir qancha sug’urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug’urta puli, asosan, xavfli, yirik obyektlami sug’urtalash maqsadida tashkil etiladi. Har qaysi kompaniya o’z sug’urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun pul orqali yig’ilgan sug’urta mukofotlarining bir qismini oladi. Olingan sug’urta mukofotlari hajmida sug’urta qoplamasini to’lash bo’yicha javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Xorijiy mamlakatlarda aviatsiya, atom, xarbiy risklarni sug’urtalash uchun sug’urta puli tashkil etilgan.