SUG’URTA PORTFELI

SUG’URTA PORTFELI — sug’urta kompaniyasiga kelib tushgan sug’urta mukofotlarining yig’indisi. Sug’urtalangan obyektlar soni, sug’urta shartnomalarining miqdori ham sug’urta portfeli tushunchasini anglatadi. Chet mamlakatlar sug’urta amaliyotida ushbu ibora ishlab topilgan sug’urta mukofotining hajmi tushunchasiga to’g’ri keladi.