TABIIY RESURSLAR

TABIIY RESURSLAR — tabiatning bir qismi (uning obyektlari jarayonlari, sharoitlari), ular insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida jamiyat tomonidan ishlatiladi yoki ishlatilishi mumkin. Quyidagilar tabiiy resurslarning muhim turlari hisoblanadi: mineral, yer-suv resurslari, o’simlik va hayvonot dunyosi, quyosh energiyasi. Tabiiy resurslar iqtisodiy resurslarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ishlatilish turiga qarab baholangan u yoki bu hududdagi resurslarning jami tabiiy resurslar potensialini tashkil etadi. Mamlakatning tabiiy resurslar potensiali uning milliy boyligining tarkibiy qismini tashkil etadi.