TADBIRKORLIK
TADBIRKORLIK — mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunchilik doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir. Amalda qabul qilingan qonunlar doirasida korxona, firma tashkil qilish, foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish (yoki xizmat ko’rsatish) bilan shug’ullanuvchi faoliyat. Tadbirkorlik faoliyati bir yoki bir necha xususiy va huquqiy shaxslar mulklarini yoki qarzga olgan mulk, to’lov vositalarini ishga solish orqali amalga oshiriladi. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining sohiblari: l) respublika fuqarolari; 2) bir guruh fuqarolar (mehnat jamoalari va boshqalar); 3) chet ellik fuqarolar yoki xususiy shaxslar; 4) respublika fuqarosi bo’lmagan shaxslar (o’z vakolatlari doirasida); 5) qo’shma mulk egalari.