TAQSIMLOVCHI SCHYOTLAR

TAQSIMLOVCHI SCHYOTLAR — ma’lum ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va ularnig kalkulyatsiya obyektlari, hisobot davrlari va hokazolar bo’yicha to’g’ri taqsimlashni ta’minlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Taqsimlovchi schyotlar ikki turda bo’ladi. Ularning bir xili hisobot davri davomida egri xarajatlar smetasining bajarilishi va hisobot davri oxirida kalkulyatsiya obyektlari bo’yicha taqsimlanishi ustidan nazorat qilish uchun tayinlangan. Bunday schyotlar yig’uvchi-tarqatuvchi hisoblanadi. Boshqa taqsimlovchi schyotlar kelgusi davrlar xarajatlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash uchun tayinlangan. Bunday schyotlarga davrlar bo’yicha taqsimlovchi schyotlar deyiladi. Ular budjet-taqsimlovchi ham deyiladi.