TALAB INFLYATSIYASI
TALAB INFLYATSIYASI — iqtisodiyotda talabning keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirilishi mumkin emasligi sababli talabning taklifga nisbatan ortiqligi natijasida narxlarning ko’tarilishi. Talab inflyatsiyasining asosiy sababi aholining ish bilan to’liq bandligi, ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Talab inflyatsiyasi ayrim hollarda quyidagi ibora bilan tushuntiriladi: “juda ko’p pullar juda oz miqdordagi tovarlarni ovlaydi”.