TOVARNING HAYOTIYLIK DAVRI
TOVARNING HAYOTIYLIK DAVRI — tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to bozorga olib kirishgacha bo’lgan asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt davri (sikli). Tovarni sotish va foyda olish jarayonida besh bosqich ajratib ko’rsatiladi: tovarni ishlab chiqish (bozorgacha) bosqichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) bosqichi, tovarni sotish hajmining o’sish bosqichi, yetuklik (to’yinganlik) bosqichi, tovarning susayish bosqichi yoki tovar eliminatsiyasi.