TARTIBGA SOLUVCHI SCHYOTLAR
TARTIBGA SOLUVCHI SCHYOTLAR — xo’jalik mablag’lari baholarini tuzatish (tartibga solish), bu mablag’lar holati to’g’risida qo’shimcha ko’rsatkichlarni olish, shuningdek, ularning manbalarini aniqlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Har bir schyot ma’lum asosiy schyotni tartibga solish uchun tayinlangan. Bunda tartibga soluvchi schyotlarda hisobga olingan summa asosiy schyot summasiga qo’shiladi, yoki undan olib tashlanadi. Tartibga soluvchi schyotlami qo’llash zaruriyati xo’jalik mablag’larini baholash bo’yicha belgilangan qoidalar bilan bog’liq.