TARKIBIY O’ZGARISHLAR
TARKIBIY O’ZGARISHLAR — milliy iqtisodiyotning samarali va barqaror tarkibiy tuzilishini ta’minlash maqsadida uning tarmoq va sohalarini izchil ravishda o’zgartirib borish. Tarkibiy o’zgarishlar yangi tarmoqlami barpo etish, ba’zilarini kengaytirish, ayrim samarasiz, istiqbolga ega bo’lmagan tarmoqlarni qisqartirish kabi choratadbirlarni o’z ichiga oladi.